"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning jarohatdan tiklanish muddati avval taxmin qilinganidan ko'proqqa cho'zilishi mumkin, deya xabar beradi Bild.
Oyog'ini sindirib olgan Noyerning ahvoli jiddiyroq ekani ma'lum bo'ldi.
Dastlabki taxminda Noyerning tiklanish muddati 2 oydan oshmasligi aytilgan edi. Ammo yangi ma'lumotlarga ko'ra, Manul safga avgust oyida qaytadi va mavsum startini o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Noyer EChL chorak finalida "Real" bilan javob uchrashuvida (2:4) jarohat olgan edi.