Jahon chempionatining 1-turi doirasida Xorvatiya terma jamoasi Nigeriyaga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Evropaliklar yarim himoyachisi Luka Modrich mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Real" futbolchisi jamoasining birinchi goliga assistentlik qilgan bo'lsa, ikkinchi to'pni o'zi penaltidan kiritdi.
Xorvatiya terma jamoasi keyingi bahsni 21 iyun kuni Argentina termasiga qarshi o'tkazadi.