"Xerenven"da ijarada to'p surayotgan "Real" yarimhimoyachisi Martin Edegor Gollandiyadagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Bu mening qarorim di, ammo "Real" kelishuv amalga oshishi uchun hamma narsa qildi. Bu mening tanlovim di, chunki o'ynashni istayman. Men uchun yuqori saviyada o'ynash muhim. Boshqa variant bo'lmaganida Madridda qolar edim va eng yaxshi o'yinchilar bilan har kungi mashg'ulotlar menga foydali bo'lar edi. Mavsum oxirida shu erda yana bir yil qolishga qaror qildim.
To'g'ri qaror chiqardim deb o'ylayman, chunki o'zimga mos bo'lgan, katta tarixga ga va yoshlarning rivojlanishiga sabab bo'ladigan klubda o'ynayapman.
"Real"da men dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan mashg'ulot o'tgan bo'lardim, klub menga ishonadi. Ular mening o'yinimni kuzatishlarini bildirdilar. "Real" skautlari mening o'yinlarimni doim kuzatishdi, klub vakillari bilan tez-tez gaplashib turibman", - deydi Edegor.
Edegorning ijara muddati 2018 yilning yozigacha belgilangan. Ammo "Real"da mavsum yakunidan so'ng futbolchini safiga qaytarib olish huquqi bor edi.
18 yoshli futbolchi Gollandiya chempionatida 16 uchrashuv o'tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golga to'p oshirdi.