Krishtianu Ronaldu kecha bo'lib o'tgan Portugaliya – Ispaniya bahsida xet-trikga erishdi. Mazkur holat ham "Real" rahbariyatining fikriga hech qanday ta'sir ko'rsatgani yo'q.
Peres boshchiligidagi "Qirollik klubi" hamon portugaliyalik futbolchi talab qilayotgan 40 million evro miqdoridagi yillik maoshni to'lamoqchi emas. Jamoa taklif qilgan 25 million evro yillik maosh etarli, deb hisoblamoqda "qaymoqranglilar" rahbariyati.
Hozircha Krishtianu va "Real" o'rtasida iliqlik yuzaga kelayotgani yo'q. Ronaldu jamoani tark etishi mumkin.