"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl faoliyatini Madridda davom ettirishga qaror qildi. Jamoaga yangi bosh murabbiy kelganidan keyin uelslik futbolchi jamoadan ketish fikrini o'zgartirdi.
Garet Beyl yangi murabbiy Xulen Lopetegi qo'lostida o'zini sinab ko'rishni va asosiy tarkib futbolchisiga aylanishni istamoqda. Shu bois, 28 yoshli futbolchi kamida yana bir yil "Santyago Bernabeu"da qoladi.