"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoada qolmoqchi va yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegi qo'l ostida o'zini ko'rsatmoqchi deya xabar beradi ESPN.
EChL finalida "Liverpul" darvozasiga ikkita gol urgan uelslik 28 yoshli futbolchi Zinedin Zidan davrida asosiy tarkibdan muhim joy olmaganidan norozi bo'lib kelayotgan edi.
Shartnomasi 2022 yilgacha amalda bo'lgan futbolchi yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegi qo'l ostida o'zining jamoadagi holatini yaxshilashga umidvor.