"Qirollik klubi" braziliyalik darvozabon bilan shartnoma tuzishga yaqin.
Marca nashri xabariga ko'ra "Madrid" "Roma" darvozaboni borasida muzokaralarni so'nggi pallaga olib keldi. Transfer yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinishi kutilmoqda. Endilikda Alissonning xohishi bo'lsa bas. Darvozaboni JCH-2018 1-tur o'yiniga qadar o'z qarorini e'lon qiladi. Eslatib o'tamiz, "selesao" 1-turni 17-iyun kuni Shvetsariyaga qarshi o'tkazadi.
Moliyaviy jihatdan ham "Real"da hech qanday muammo yuzaga kelayotgani yo'q. Madridlikar braziliya posboni uchun 60-65 mln yevro atrofida to'laydi.
Ma'lumot uchun, "Roma" 2016-yil "Internasional"dan Alissonni 7,5 mln yevroga xarid qilgan edi.
Bobojonov