"Real" hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini katta ehtimollar bilan Angliyada davom ettiradiganga o'xshaydi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transferlar chog'ida ispaniyalik hujumchini sotib olishiga ishonmoqda, deya xabar beradi Sky Sports.
Shu kunlarda "Real" Moratani 52 mln funtga (60 mln evro) "MYu"ga sotmagan edi. Manchesterliklar muzokaralarni davom ettirmoqda va yaqin kunlarda yaxshilangan taklifni beradilar. Kelishuvga darvozabon De Hea qo'shilmaydi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar 24 yoshli hujumchini 78 mln funtdan kamiga sotmoqchi emaslar.