Bosh murabbiyning dastlabki qarori.
"Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegining debyut uchrashuvi 28-iyul kuni Meksikada bo'lib o'tishi reja qilinmoqda, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi. Raqibning kim bo'lishi esa noma'lum.
Bundan tashqari jamoa mavsumoldi tayyorgarlik chog'ida AQSHda 3 ta o'rtoqlik o'yin o'tkazadi: "Manchester Yunayted", "Roma" va "Yuventus"ga qarshi.
Umuman olganda jamoa 17-iyul kuni ta'tildan qaytishadi va mashg'ulotlarga kirishadi. Birinchi kungi mashg'ulotlarda "Kastilya" futbolchi, shuningdek, Jahon chemionatiga bormagan futbolchilar ham qatnashadi.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" yangi mavsumdagi dastlabki rasmiy o'yinni UEFA Superkubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'tkazadi va uchrashuv 15-avgust kuni Tallinda bo'lib o'tadi.
Bobojonov