"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri nima uchun "Real" taklifiga rad javobi berganini aytdi.
"Men Florentino Peres bilan gaplashdim va unga "Yuventus"da qolish uchun Andrea Anelliga so'z berib qo'yganimni aytdim. E'tibor uchun "Real" prezidentiga rahmat", - deydi Allegri.
Eslatib o'tamiz, 12 iyun kuni madridliklarning yangi bosh murabbiyi etib Xulen Lopetegi tayinlangani e'lon qilingan edi. Shundan so'ng Ispaniya FF uni terma jamoadan chetlashtirdi.