FIFA prezidenti Janni Infantino Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining iste'fosi haqida fikr bildirdi.
"Bo'lib o'tgan voqea sabablarini bilmayman. Buni kongressdan so'ng eshitdim. Reglament faqat futbolchilarning transferiga bog'liq, murabbiylarga emas.
Vaziyat qiziq. Ishonaman, bu haqida ko'p gapiradilar, ayniqsa, Ispaniyada. Nima bo'lganini bilmayman. Ishonamanki, murabbiy ham, jamoa ham futbol odamlari, ular qaror qabul qilish oldidan hammasini o'ylab ko'rganlar.
Lopetegi – ajoyib murabbiy, unga "Real"da eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz. Ispaniya uchun ham bu halati vaziyat. slayman, Italiya termasi ham JCh oldidan muammolarni boshdan kechirgan va natijada jahon chempioni bo'lgan edi", - deydi Infantino.