Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ishtirokidagi matbuot anjumani belgilangan vaqtdan 1 soat keyin boshlangan.
Marca xabariga ko'ra, Rubiales Lopetegini iste'foga chiqarishni talab qilgan, Serxio Ramos boshliq terma jamoa futbolchilari uning iste'fosiga qarshi bo'lganlar.
Oxir oqibat, Lopetegi baribir ishdan olindi. Ispaniya termasini JCh-2018 davomida Fernando Yerro boshqaradigan bo'ldi.