Ispaniya terma jamoasi bosh murrabbiyi Xulen Lopetegi terma jamoani JCh-2018da boshqarmaydi
Krasnodar shahrida o'tgan matbuot anjumanida Ispaniya FF prezidenti Luis Rubiales murabbiyning iste'fosini e'lon qildi.
"Biz bu bosh murabbiy xizmatidan foydalanmaslikka majburmiz. Unga yang yaxshi tilaklarimiz va omad tilaymiz. Ispaniya termasining barcha xodimlari aniq bilishlari kerakki, ahloqning umumiy qoidalari bor.
Men o'zimni sotilgan deb hisoblamayman. Gap shundaki, "Real" bilan muzokaralar IFFdan beruxsat o'tkazilgan. Biz buni shunday qoldirolmaymiz.
Lopetegi – shubhasiz professional. Ammo ishni o'z qonun-qoidalariga muvofiq olib borish kerak", - deydi Rubiales.