Ispaniya Futbol federatsiyasi rahbarlaridan biri Luis Rubiales bosh murabbiy Xulen Lopetegi va uning "Real"dagi keyingi faoliyat olib borishidan norozi bo'lmoqda.
Marca nashrining xabariga ko'ra Lopetegi JCH-2018 boshlangunga qadar terma jamoadan iste'foga chiqarilishi mumkin. Rubiales fikricha Lopetegi JCH haqida o'ylamay "Real Madrid" bilan muzokara o'tkazgan va qarorini allaqachon xal qilib qo'ygan.
Bugun Toshkent vaqti bilan 14:40da Lopetegi va Rubiales Krasnadardagi bazada press-konferensiyada ishtirok etishadi. Va o'shanda Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilganligi rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bobojonov