Ispaniya futbol federatsiyasi Luis Rubiales terma jamoa ustozi XUlenLopetegi bilan bog'liq vaziyatdan norozi.
Marca xabariga ko'ra, JCh-2018 boshlanmasidan oldin Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarilishi mumkin.
Rubialesning fikricha, Lopetegining mundial oldidan "Real" bilan kelishib qo'yganini e'lon qilgani - bu sotqinlik. Xabarga ko'ra, u kecha Krasnodarga kelguniga qadar bosh murabbiyni iste'foga chiqarishni talaba qilgan, ammo yordamchilari uni tinchlantirgan.
Ayni daqiqalarda (13:30 - Toshk. vaqti) "Krasnodar" bazasida Lopetegi va Rubiales matbuot anjumani o'tkazadi. Unda bosh murabbiyning iste'fosi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" Lopetegi bilan kelishganini e'lon qilgan edi. Xabarlarga ko'ra, Lopetegi turli mish-mishlar kelib chiqishini oldini olish uchun ertaroq e'lon qilinishini istagan edi.