Xulen Lopetegining "Real"ga bosh murabbiy etib tayinlanishi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Bugun JCh-2018 dan so'ng 51 yoshli mutaxassisning madridliklarni boshqarishi rasman e'lon qilingan edi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi madridliklardan 2 million evro oladi, Lopetegining shartnomasida aynan shunday tovon puli ko'rsatilgan.
Lopetegi madridliklar tovon puli to'lagan 5-murabbiy bo'ldi. Bungacha Jon Toshak (90 million peset, 1989 yilda), Manuel Pellegrini (4 million evro, 2009), Joze Mourinyu (8 million, 2010) va Karlo Anchelotti (4 million, 2013) kabi mutaxassilar uchun tovon puli to'langan.