"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirish uchun Evropaning 2ta top-klubidan taklif oldi.
Portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh ushbu ma'lumotni "Real" prezidenti Florentino Peresga etkazgan. Berib kelinayotgan ma'lumotlarga qaraganda, "Qirollik klubi" xo'jayini Krishtianuni 200 mln evroga sotishga tayyor.
Ronalduning do'sti bo'lgan taniqli ispaniyalik jurnalist Edu Agirrening xabar tarqatishicha, futbolchi "Madrid"da qolishga tayyor, ammo u o'zini yoqtirishmaydigan joyda o'ynashni istamaydi. Ronalduga taklif yuborgan jamoalar nomi hozircha oshkor qilinmayapti, ammo jurnalistning qayd qilishicha, bu jamoalar jahonning eng kuchli 5ta klublari safiga kiradi.
Avvalroq "Real" taklif qilgan yangi shartnomani futbolchi o'ziga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilgani haqida xabar berib o'tgandik. Krishtianu Neymarning maoshiga (40 mln evro) nisbatan ko'proq yillik maosh olishni istagandi, ammo "qaymoqranglilar" rahbariyati unga 25 mln evro taklif qildi.