Portugaliya terma jamoasi Evropa chempioni sifatida Konfederatsiyalar kubogi -2017 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bugun «Real» futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Pepe terma jamoa qarorgohiga etib kelishdi.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya 9 iyun kuni JCh-2018 saralashida Latviya bilan bellashadi. Shundan so'ng KK-2017 musobaqasida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo'nab ketadi. U erda jamoa 18 iyun kuni Meksika, 21 iyun kuni Rossiya va 24 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi.