«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi, Frantsiya termasi bilan Jahon va Evropa chempionligini qo'lga kiritgan Zinedin Zidan hozircha milliy terma jamoada ishlamoqchi emasligini ma'lum qildi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Hozir eng muhimi Frantsiya terma jamoasini Jahon Chempionatida qo'llab-quvvatlash. Terma jamoani boshqarish haqida esa o'ylayotganim yo'q. Hozircha biroz tanaffuz qilib, o'zimga kelib olishim kerak. Terma jamoaga muxlislik qilib, uning Jahon Chempionatidagi ikkinchi sovrinini qo'lga kiritishini istayman.
Frantsiya termasini ayni paytda Zidan bilan birga 1998 yilda Jahon chempionligini qo'lga kiritgan sheriklaridan biri Dide Desham boshqarmoqda.
Frantsiya futbol federatsiyasining prezidenti Noel Le Gre Zidanning kelajakda terma jamoaga boshqaruviga kelishini inkor etmadi, ammo bu holat Deshamning shartnoma muddati yakuniga etadigan 2020 yildan oldin yuz bermasligini ta'kidladi.