Krishtianu Ronalduning «Real»dan ketish borasida fikri yanada qat'iylashdi.
"Qirollik klubi" rahbariyati va portugaliyalik futbolchining agentlari o'rtasida o'tkazilgan so'nggi muzokaralarda 25 million evro yillik maosh va qo'shimchasiga 7 million evro turli mukofotlar tarzida taklif etilgandi. Bu esa Krishtianu istayotgan — Messi va Neymarning maoshidan kam.
Shu bois, Ronaldu klubning ushbu taklifini o'ziga nisbatan haqorat deb qabul qildi. Portugaliyalik futbolchining fikricha, Peres bu orqali unga «Real»dan ketishi mumkinligiga sha'ma qilgan.