La Ligi prezidenti Xaver Tebas "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning boshqa klubga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Ronaldu "Real"dan ketmasa kerak, deb o'ylayman. Grizmann esa "Atletiko"da qolsa kerak. Ronalduning boshqa klubga ketishi 50ga 50. Nima bo'lganda ham bu La liga uchun katta qayg'u bo'lmaydi, chunki, biz buyuk o'yinchilarga kamroq bog'lanib qolyapmiz", - deydi Tebas.