"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ayni paytda Frantsiya terma jamoasining bosh murabbiyi bo'lib ishlash istagi yo'qligini aytdi.
"Hozir eng muhimi - Frantsiya termasini JChda qo'llab-quvvatlash. Hozircha, menda milliy termani boshqarish istagi yo'q. Men shunchaki, bir dam olib, o'zimga kelish uchun to'xtadim. Frantsiya termasiga muxlislik qilamiz. Biz uning ikkinchi marta jahon chempioni bo'lishini istaymiz", - deydi Zidan.