Zayniddin Zidanning «Real»dan iste'foga chiqishi bilan bog'liq yangi tafsilotlar aniq bo'ldi.
Frantsiyalik mutaxassis jamoani yoshi o'tib borayotgan ba'zi futbolchilardan tozalamoqchi bo'lgan. Bundan tashqari, "Qirollik klubi" bosh direktori Xose Anxel Sanches tomonidan taqdim qilingan yozgi transferlar uchun ro'yxat Zidanga ma'qul kelmagan.
Zayniddin jamoa yarim himoyachisi Garet Beylni sotib yuborishni istagan. Bundan tashqari, "Real" o'tgan yilning yozida sotib olgan futbolchilar – Teo Ernandes, Xesus Valexo va Markos Lorente murabbiyning ishonchini oqlamagan. Zidan qo'lga kiritishni istagan o'yinchilar esa klub rahbariyati tomonidan inkor qilingan.
Tribalfootball tarqatgan xabarga ko'ra, Sanches va Peres Zidandan iste'fo berishni so'rashgan. Murabbiy o'z xohishi bilan jamoani tark etgandek ko'ringan bo'lsa-da, Zayniddinga kompensatsiya puli to'lanishi haqida kelishuvga erishilgan.