«PSJ» hujumchisi Neymar «Real»ga keladigan bo'lsa, "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Marko Asensio jamoani tark etmoqchi. Bu haqda Diario Gol xabar tarqatdi.
Asensio "qaymoqranglilar" safida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Braziliyalik futbolchining transferi esa Markoning maqsadlariga jiddiy soya soladi. Shu bois, ispaniyalik futbolchi "Real"ni tark etishi mumkin.
Futbolchiga «Yuventus» va «PSJ» tomonidan qiziqishlar mavjud. Shuningdek, «Liverpul» transferi barbod bo'lgan «Lion» yarim himoyachisi Nabil Fekirning o'rniga Asensioni olib kelish haqida o'ylamoqda.