«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl yozda jamoani tark etishi mumkin. Uelslik futbolchiga «Bavariya» va APL klublari tomonidan qiziqish bo'lmoqda.
Beyl Myunxen klubi vakillariga "qaymoqranglilar" safini faqatgina APL jamoasiga o'tish uchun tark etishi mumkinligini ta'kidlagan. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi paytlarda Garet Beylning taqdirini «Manchester Yunayted» bilan bog'lashmoqda.