«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin orada Ispaniya soliq idoralari bilan kelishuvga erishishi mumkin. Ispaniyalik soliqchilarning aniqlashicha, portugaliyalik futbolchi qiyofa huquqlaridan olgan daromadlardan 14,8 million evro miqdorida soliq to'lamagan.
Voqealar rivoji bilan yaqindan tanish bo'lgan manbaning xabar tarqatishicha, Ronaldu Ispaniya davlati g'aznasiga 18-20 million evro atrofida mablag' to'laydi. Ushbu summaga yashirilgan daromad va jarimalar kiradi.