Bu mening yo'nalishim, maqola boshida o'quvchi uchun aniq yo'nalishni berib, keyin maqolani davom ettirishni odatga aylantirmoqchiman. Yo'nalish: maqola Zidan haqida bo'lmaydi. Maqola tugaganida, muhimi klubning kelajagi ekanini tushinib olasiz, buning uchun esa boshidan, Zidanning ketishidan boshlayman!
Ha, agar Zidanning bu safaragi ,,kalla" qo'yishini zamon bilan teng olib ko'rib aytganda, shunday chiqadi: ok.ruga kirsang ham Zidan, std.uzga kirsang ham Zidan, daryo.uzga kirsang ham, bizda ham, ,,Barsa" saytida ham, instagram, telegram, whatsapp, twitterda ham Zidan, Zidan, Zidan bo'lib ketganidan charchab telefoninggizni o'chirib tashlasangiz ham, yoninggizga kimdir kelib ,,Zidan ketibdimi?"- deb qo'yyapdi.
Misol uchun oldingizdan chiqgan yuz kishiga, ,, 2006-yilgi jahon chempionatida, nima bo'lgan edi"- deb savol bersangiz. Javob beruvchilarning 100 dan 80 nafari futbolga tushunmasa ham ,,Zidan kalla qo'ygan edi"-deb o'tib ketadilar, qolgan 20 nafari futbol muxlisi bo'ladi va ular shunday deydi, ,,ha...Zidan kalla qo'yganidan keyin, Italiya jahon chempion bo'lgandi" -deb aytadi. Buni inkor etolmaymiz, tog'ri. Mana o'n ikki yiladan keyin, yana Zidan shunday ,,mashxur" ketyapdi. Bugun ham qayerga qarama hamma joyda Zidan so'zi bo'lib ketdi. Eng qizig'i men ham maqolamning shu joyigacha Zidanning ismini 13 marotaba ishlatibmanki(ketma-ket uch marta ham yozilgan, yuqoriroqda), ,,Real" so'zini mana hozir, endi yozdim. Demoqchimanki, u shunday paytda ketyapdiki, ,,Real"ning Chempionlar ligasini ketma-ket uch marta yutganidan ko'p, jamoa murabbiyining ketgani ko'proq gapirilyapdi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi ,,kalla urishi" hisoblanadi.