Zineddin Zidanning “Real” murabbiyligidan ketishi kutilmagan qaror bo'ldi. Ishonchimiz komil, bu mantiqsiz va juda xam noto'g'ri qaror. Chunki “pushtirang ko'zoynakni echib qo'yib”, jamoa erishgan yutuqlari bilan birgalikda uning kamchiliklarini ham birdek tahlil qila oladigan mutaxassis va muxlislar “Real” unga “tupuklab yopishtirilayotgan” “mutlaq tengsizlik” maqomida emasligini yaxshi tushunib turibdi. Bunday vaziyatda jamoani tashlab ketish eng kamida jur'atsizlik. Uning ishini sevimli jamoasi zimmasiga og'ir yuk tushganda yana ortib ketish deyiladi.
Bekorga ayrim muxlislar, shuningdek futbol jurnalistlari ham Zidanning ushbu qaroridan mutaassir bo'lishgani yo'q. Chunki qaror haqiqatdan ham noodatiy va kutilmagan edi. Bu sifatlar qatoriga “mantiqsiz” deganini ham qo'shgan bo'lardik. Shu bois, buni yoqlab, mutaxassisni ko'klarga ko'tarib, uning faoliyatiga har xil metforalar bilan o'ta ijobiy bo'yoq berishga urinayotganlarni tushunmaymiz ochig'i. Bu taxlit fikrlarga yo samimiyat, yoki oddiygina tahlil etishmaydi.
Har qanday murabbiy faoliyatiga o'lchov bo'luvchi mezonlar ko'p emas: natijalar, jamoaviy ruh, taktik topilmalar va umumiy o'sish. Taniqli jurnalist to'g'ri urg'u berganidek, ular orasida eng muhimi natijaviylik. Shuning uchun ham mayli, murabbiy faoliyatini aynan shu jihat e'tiboridan tahlil qilamiz. Va yoddan chiqarmaymiz-ki, biz qanqadir jamoa emas, “Real Madrid” murabbiyi to'g'risida gaplashyapmiz. Bu erda natijaviylik borasida qo'shimcha mezonlar ham maydonga chiqadi.
Ko'rsatkichlar Zidan foydasiga:
Xalqaro turnirlar: Evropa chempionlar ligasi, UEFA super-kubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati Zidan murabbiyligi ostida “Real” yuqoridagi sovrinlarning barchasiga egalik qildi: natija 100 foiz!
Lekin hatto “Real” yaqqol ustun bo'lgan ushbu turnirlar borasida ham Zidanning “buyukligiga” soya solib turgan omillar talaygina.
Avvalo, klublar o'rtasidagi jahon chempionati to'laligicha Evropaning mulki ekanligi hech kimga sir emas. Ko'hna qit'a vakillari 2006 yildan buyon 11 mavsum mobaynida finalni bor yo'g'i 1 marta boy berishganini hisobga olsak, masala yanada oydinlashadi. Bu fakt erishilgan yutuq salmog'ini sezilarli kamaytiradi.
Endi chempionlar ligasida erishilgan muvaffaqiyat to'g'risida. Oldingi mavsumlarni qo'ya turaylik. Aslida o'tgan yil ham Zidan jamoasining bu turnirda u qadar yorqin, maqtangulik o'yiniga guvoh bo'lmaganmiz. Hech kimning yodidan o'chib ulgurmagan 2017/2018 mavsumiga to'xtalmoqchimiz.
Guruh bosqichidayoq “Tottenxem”dan qabul qilib olingan mag'lubiyat jamoada qanday muammolar borligini ko'rsatib berdi. Amal-taqal qilib guruhdan chiqqan “Real Madrid” final sari g'ururlanishga arzimas yo'lni bosib o'tdi. Avval voqealarning antiqa rivoji o'laroq, “PSJ” mag'lub etildi. Hal qiluvchi ikkinchi uchrashuvda “PSJ” Neymarsiz o'yin o'tkazishga majbur bo'lgani etmay, ikkinchi taymning katta qismini ozchilik bo'lib o'tkazishga majbur bo'ldi.
66-daqiqa – ikkinchi taym ekvatori. Marko Veratti “qizil” kartochka bilan siylandi. Ushbu kartochka futbol jamoatchiligida uzoq muhokamalarga sabab bo'ldi.
Keyingi bekat – “Yuventus”. Bu safar “Real” raqibi birinchi o'yindayoq kamchilik bo'lib o'ynashga mahkum etildi. Yana o'sha sirli 66-daqiqa. Davomi