"Liverpul" klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh "Real" sardori Serxio Ramosning so'zlariga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, EChL finalida "Liverpul" o'yinchisi "Real" o'yinchisi bilan to'qnashuvda jarohat olib JCh-2018n o'tkazib yuborish xavfi ostida qolgandi. Keyinroq, Ramos Saloh birinchi bo'lib uning qo'lidan ushlab olganini aytdi.
"Ramosning sharhi? Bu kulguli. Avval yig'latib, keyin kuldirish, hammaning ham qo'lidan kelvermaydi. U balki mening JChga tayyor bo'lishimni ham aytib berar? Ha, u menga SMS yozdi, ammo men unga hammasi joyida deb aytmagandim. Hammasi qoida doirasida bo'lganmidi? Bilmayman
Maydonga yiqilganimda, og'riqni sezdim va xavotrrlandim. Umid qilamanki, Uragvay bilan uchrashuvda o'ynashga umid qilaman", - deydi Saloh.