"Real" murabbiy izlashda davom etmoqda.
Ispan klubi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Titega qiziqmoqda, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi. Titening "pentakampion"lar bilan amaldagi shartnomasi JCH-2018dan so'ng nixoyasiga yetadi. Braziliya Futbol Konfederatsiyasi Rojerio Kaboklo 57 yoshli mutaxasisga 4 yillik shartnoma taklif etdi, biroq mutaxasis taklifni qabul qilmadi va JCH-2018dan so'ng qaror qabul qilishini aytib o'tdi.
Xabarlarga ko'ra, Titening "Real"ga olib kelinishi Neymar bilan bog'liq deya aytib o'tilmoqda. Eslatib o'tamiz, Tite Braziliya tarixida eng yaxshi murabbiy bo'lishga da'vogarlik qilmoqda. U boshchiligida 5 karra jahon chempionlari 20 ta o'yinning 16 tasida g'alaba qozonishdi va mag'lubiyat nimaligini bilishmadi.
Bobojonov