"Real" klubi hujumchi Krishtianu Ronalduga yiliga 30 million evrodan oshiqroq maosh taklif qildi, deya xabar beradi COPE.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchining klubdagi asosiy ish haqi yiliga 25 million evro bo'ladi. Bunga turli musobaqalarda erishilgan g'alabalar uchun bonuslar ham qo'shiladi. Masalan, "Real"ning EChLdagi g'alabasi uchun Ronaldu 2 mln evro oladi, Ispaniya chempionligi uchun 1,5 mln evro va shu tarzda.
Ta'kidlanishicha, taklif etilgan sharoitlar baribir Mesi va Neymarning sharoitlaridan kamroq bo'ladi, shuning uchun bu Ronalduni qoniqtirmasa kerak.
Avvlroq, "PSJ" portugaliya lik hujumchi uchun yiliga 45 mln evro haq berishga tayyorligi xabar qilingan edi.