"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Alvaro Morata bilan xayrlashmoqchi emas.
Ammo agar, futbolchi madridliklar safini baribir tark etadigan bo'lsa, frantsiyalik mutaxassis uning o'rniga yangi hujumchi sotib olishni ko'zlayapti.
Xabarlarga ko'ra Zidan bu masalani klub prezidenti Florentino Peres bilan muhokama qilgan.
Zidan, shuningdek, Morata bilan ham gaplashgan va uni "Real"da qolishga ko'ndirishga uringan va shu bilan birga futbolchining ko'proq o'yin amaliyoti haqidagi ikkilanishini tushunmoqda.
Avvalroq "Real" Morata uchun 60 mln earo taklif qilgan "MYu"ga rad javobini bergani xabar qilingan edi.