"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Real"ni boshqarish taklifiga rad javobini berdi, deya xabar beradi Goal.
Italiyalik mutaxassis londoniklar rahbariyatining munosabatidan va uning o'rniga boshqa murabbiy izlayotganidan norozi bo'layotgan bo'lsada, klub bilan shartnomasini buzmoqchi emas.
Agar bu ro'y berganida ham Konte "Real"ni boshqarishga rozi bo'lmasligi mumkin, chunki u madridlik o'yinchilarning o'z usulini tushunishlariga ishonmaydi.