La liga prezidenti Xaver Tebas "PSJ" hujumchisi Neymarning "Real"ga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Men Neymar uchun sarflangan kosmik pullar uchun "PSJ"ni tanqid qilmayman. Men uni sotib olish uchun sarflangan pulning qaerdan kelganini o'rganishni so'radim.
Bu pullar "PSJ"ning sport loyihasi tufayli ishlab topilgan pullari emas. Agar Neymar shuncha pul tursa, Qatar amiri o'sha pulni cho'ntagidan to'lagan deganidir.
Avval aytganimdek, Madrid Neymar uchun 400 million evro to'laasligini aytgan edim. Ammo "Real" ishlab topayotgan pullar bilan uni narxga yaqin summada sotib olishga etadi", - deydi Tebas.