«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Yuventus» futbolchisiga aylanishi mumkin. Marca xabariga ko'ra, 33 yoshli ushbu portugaliyalik futbolchi turinliklar klubi rahbariyati bilan EChL chorak finali doirasidagi birinchi uchrashuvdan keyin gaplashgan. O'shanda Turinda kechgan birinchi uchrashuv «Real»ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.
EChL finalidan keyin Ronaldu shu yozda jamoani tark etishiga ishora qilgandi. Unga shu vaqtgacha «PSJ» va «Manchester Yunayted» klublari da'vogar bo'layotgandi.
Yakunlangan mavsumda Ronaldu barcha turnirlar doirasida 55 uchrashuvda maydonga tushgan va 52 gol urgan.