«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte «Real»dan tushgan taklifga rad javobini berdi.
Londonliklar rahbariyati Konteni iste'foga chiqarmasdan avval uning o'rniga boshqa murabbiy qidira boshlagani italiyalik mutaxassisga yoqmayapti. Murabbiyning o'zi muddatidan bir yil avval iste'foga chiqishni istamayapti.
Zayniddin Zidan "Real" bilan shartnomani bekor qilganidan keyin Konte "Qirollik klubi"ni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatiga kiritilgandi. Kontening fikricha, "qaymoqranglilar"ning hozirgi tarkibi uning murabbiylik uslubini qabul qila olmaydi.