Portugaliyalik futbolchi ketishni xohladi.
Florentino Peres, Xose Anxel Sanches va Jorje Mendeshlarning Ronaldu borasida uchrashuvidan so'ng rahbarlar hujumchining yangi shartnoma borasidagi shartlarini qabul qilmasligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu jamoadagi rahbarlardan unga yiliga 37 mln yevro maosh berishmayotganidan norozi ekanligini aytib o'tilgan edi.
Marca nashrining xabariga ko'ra Peres Ronalduga yiliga 25 mln yevro maosh berishni taklif etgan. Bu paytda esa Mendesh Ronalduni jamoadan ketishi mumkinligini ta'kidlagan, agar u aytgan shartga ko'nishmasa.
Hozirda "Madrid" oldida 2 ta shart bor yoki Ronaldu aytgan taklifga ko'nadi va uni "Madrid"da baxtli qiladi yoki Krishtianu bilan xayrlashadi.
Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra Ronaldu hech qachon "Real"dan ketishga bu qadar yaqin kelmagan ekan.
Bobojonov