«Real» himoyachisi Marselo «PSJ» hujumchisi Neymarning "Qirollik klubi"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi. Avvalroq «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu braziliyalik futbolchining jamoaga kelishiga qarshi ekani haqida xabar tarqalgandi.
«Ronaldu «Real»ning xo'jayini emas. Jamoaga kim kelishi yoki kelmasligini jamoa prezidenti hal qiladi.
Ronaldu jamoada ekan, Neymar "Real"ga kelmaydimi? Bunday qoida yo'q. Barcha futbolchilar Krishtianuning qolishini istashadi. Neymar uchun esa eshiklar hamisha ochiq. Bir holat ikkinchisiga bog'liq emas.
Nazarimda, barcha kuchli futbolchilar «Real»da o'ynashi kerak. Men ikki-uch yil avval aytib o'tgandim, Neymar Madridda o'ynashi shart», – dedi Marselo.