"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Real"ni boshqarishi mumkin.
Italiyalik 48 yoshli mutaxassis Zinedin Zidandan bo'shab qolgan vazifaga bosh nomzod bo'lib turidi.
"Tottenhem" ustozi Maurisio Pochettino bilan muvaffaqqiyatsiz muzokaralardan so'ng "Real" rahbariyati e'tiborlarini Kontega qaratganlar.
Kontening londonliklar bilan shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. "Chelsi" unga 9 mln funt tovon puli to'lashni istamayapti va uning boshqa jamoaga o'tishiga qarshi bo'lmaydi.
Sky Sport Italia jurnalisti Janluki Di Martsioning ma'lum qilishicha, Konte rahbariyatdan u bilan xayrlashish istagi haqida xabar olmagan va shartnomani bekor qilish bo'yicha birinchi qadamni qo'yishni istamayapti.
Bundan tashqari, Konte "Real" o'yinchilari uning usulida o'ynashga tayyorligiga ishonmayapti.