«Mursiya» klubi prezidenti Viktor Galves, kutilmaganda «Real»ni qaysi murabbiyi boshqarishini oshkor qilib qo'ydi.
«Men Guti bilan gaplashdim va u bilan payshanba kuni ko'rishishimiz kerak edi. Men uni «Mursiya»ga taklif qilmoqchi edim, ammo Zidan «Real»dan iste'foga chiqdi. Zidan bir necha kun iste'foga chiqmay turganidami!
Endi hammasi Florentino Peresga bog'liq. Agar u bosh murabbiy lavozimiga Gutini tayinlasa, juda yaxshi bo'lardi.
Guti «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi va «Mursiya»ga kelmaydi. Eh, Zidan «Real»da yana bir necha kun turganida yaxshi bo'lardi», – dedi Galves.