"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi A Bola.
Manbaga ko'ra, "qaymoqlanglilar" Oblakning shartnomasida ko'rsatilgan 100 mln evroni "matraschilar"ga to'lashga tayyor Shu tariqa, hammasi futbolchining ixti1rida qoladi. "Atletiko" o'z navbatida sloveniyalik darvozabon bilan yangi shartnoma imzolab, uning tovon pulini 200 mln evroga oshirib qo'yishi mumkin.
Avvalroq, "Atletiko" va Oblak yangi shartnoma bandlari borasida kelisha olmayotgani xabar qilingan edi. Posbonga "Liverpul" va "Arsenal" qiziqmoqda.