«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning iste'fosidan hayron bo'lganini ta'kidladi.
«Bundan keyin Ronalduning faoliyati qay tariqa davom etishini bilmayman. Shuning uchun uning «Real»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh bera olmayman. Qabul qilayotgan qarorlarning sababini faqat uning o'zi biladi. Bu uning shaxsiy qarori. Bu haqda boshqa hech kim bilmaydi.
Zidan? Uning "Real"dan ketgani meni juda hayron qoldirdi. Buni hech kim kutmagandi. Lekin unda ham buning uchun sabablar bo'lsa kerak. Bundan keyin u nima bilan band bo'lishini bilmayman, ammo u "Real"dagi faoliyatini yakunlash uchun to'g'ri vaqtni tanladi. U jamoa bilan deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritgandi. Bu borada hech Zidanni ayblay olmaydi», – dedi Messi.