"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu katta ehtimol bilan Madridni tark etadi.
Bugun 33 yoshli futbolchining agentlari "Santyago Bernabeu"da "Qirollik klubi" rahbariyati bilan navbatdagi muzokaralarni o'tkazishdi. Ammo Florentino Peres portugaliyalik futbolchining yuqori maosh borasida talabini qondirishdan bor tortgan. Natijada Krishtianu yanada g'azablangan. Shu bois, Ronaldu "Real"ni tark etish borasida yakuniy qarorga kelgan bo'lsa ajab emas.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu jahon futbolining boshqa etakchilari — Lionel Messi ("Barselona") va Neymar ("PSJ") kabi yuqori maosh olishni istamoqda. Bu esa kamida 40 million evro yillik maosh deganidir. Krishtianu hozirda 20 mln evro yillik maosh olmoqda. Madridliklarning EChLdagi g'alabasi tufayli bu summa 22-23 mln evroga etgan bo'lishi mumkin.