"Chelsi"ning bosh murabbiyi Antonio Kontening kelajak faoliyati "Real"dan tushadigan taklifga bog'liq bo'lishi mumkin, deya xabar beradi The Telegraph.
"Ko'klar" murabbiyni almashtirmoqchilar, ammo Kontega 9 mln funt tovonpuli to'lashni istamayaptilar. Agar Konte o'ziga tez jamoa topsa, londonliklarning unga tovon puli to'lashi shart bo'lmaydi.
Shu sababli, "Chelsi" Kontega "Real" e'tibor berishini va uni bosh murabbiy sifatida olib ketishini istamoqda.
"Chelsi" frantsiyalik Loran Blan bilan muzokara olib bormoqda. Shuningdek, londonliklarni italiyalik mutaxassis Mauritsio Sarri boshqarishi ham mumkin.