"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh seshanba kuni madridliklar rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv yakunlaridan va o'z kelajagi borasida klub pozitsiyasidan Ronalduning ko'ngli to'lmadi, deya xabar beradi As.
EChL finalida "Liverpul" bilan uchrashuvdan so'ng (3:1) Ronaldu yozda klubni tark etishga shama qilgan.
Avvalroq, Ronaldu "Real"da yiliga 50 mln evro maosh olishni istayotgani xabar qilingan edi.