"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoasi ixtiyoriga etib bordi va JCh-2018ga tayyorgarlikni boshladi, deya xabar beradi Marca.
Ochiq mashg'ulotlarda jurnalistlar uni savolga tutdilar, biroq futbolchi bunga istamaygina javob berdi.
"Hozircha hech narsa deya olmayman, hammasi yaqin kunlarda hal bo'ladi. "Real"da qolsam yomon bo'lmasdi, ammo buni kafolatlay olmayman. Pul va shuhrat - hayotimizning muhim narsalari emas", - deydi Ronaldu.