Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi shogirdlarining o'zaro munosabatlarida muammo yo'qligini ma'lum qildi.
"Pike va Karvaxal? Ispaniya terma jamoasida ajoyib muhit hukm suradi.BU savol jurnalislarni qiziqtiradi. Biz jamoaning jipslashuvini his qilamiz. Hech kimni hech kim bilan yarashtirish shart emas", - deydi Lopetegi.
Pike ijtimoiy tarmoqlarda "Real"ga qarshi pichinglari bilan mashhur. "Real" Ispaniya chempioni bo'lganida Karvaxal ovoz kuchaytirgichni qo'lga olib "Pike, echki, chempionlarni tabrikla" degan di.