«Real» sardori Serxio Ramos «Liverpul» darvozaboni Loris Karuis EChL finalida uning zarbasidan keyin miya chayqalishi olgani haqidagi xabarni istehzo bilan qabul qildi.
«Obbo, Salohning jarohati haqidagi gaplar o'zi etarli bo'layotgandi. Bu haqda gapirishni istamayman, boisi, bo'rttirib yuborishyapti.
Saloh mening qo'limdan ushlab oldi. Men bir tomonga yiqildim, u narigi qo'lini jarohatlab oldi. Lekin hozir hamma meni dzyudo uslubida yiqitdi deb hisoblamoqda.
Endi esa men darvozabonga zarba berib, miya chayqalishiga sababchi bo'lgan ekanman. Faqatgina gapirmagan Firmino qoldi: terlashim oqibatida uning ustiga tushgan suv sababli u shamollab qolgandir?
Saloh bilan gaplashdik. Uning holati yaxshi edi. Agar u istaganida ukol yordamida ikkinchi bo'limni o'tkazishi mumkin. Men bir necha marta shunday qilganman.
Ramos ishtirokida shunday voqea yuz bersa, bunga katta ahamiyat qaratishadi. Bilmadim, nima uchun bunday. Balki anchadan beri "Real"da o'ynayotganim uchundir, yoki ko'p musobaqalarda g'olib chiqqanim uchundir, lekin odamlar boshqacha baho berishadi», – dedi Ramos.