Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rentgen natijasi: Karius miya chayqalishiga uchragan

Boston klinikasi shifokorlari "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning sog'ligi haqida o'z xulosalarini berdilar.

.
- Yuklab olish

Boston klinikasi shifokorlari "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning sog'ligi haqida o'z xulosalarini berdilar.

"Liverpul" shifokorlari 24 yoshli nemis darvozaboni EChL finalida "Real" himoyachisi Serxio Ramosning tirsak zarbasidan so'ng o'yinni miya chayqalishi bilan o'tkazgani haqida shubhalangan edilar.

Karius 31 may kuni AQShning Boston shahrida bosh jarohatlari mutaxassisi Ross Zafontega ko'rindi. "Liverpul" tibbiy shtabining so'roviga ko'ra, Zafonte Massachutets klinikasida uning boshini rentgen nurlaridan o'tkazdi.

"Bugun "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning sog'ligi borasida ko'p qo'ng'iroqlar oldik.

To'liqsiz va noto'g'ri axborot tarqalishining oldini olish maqsadida, janob Kariusning ruxsati bilan uning sog'ligi haqida ma'lumot beramiz.

Karius 31 may kuni doktor Ross Zafonte va doktor Lenorr Xerget tomonidan chuqur tekshiruvdan o'tdi. O'yin videosining chuqur tahlili, kerakli ma'lumotlar va futbolchining aytgan alomatlardan so'ng, shuningdek, jismoniy tekshiruv va obektiv ko'rsatkichlardan so'ng shunday xulosaga keldik: Kariusda 26 may kuni miya chayqalishi sodir bo'lgan.

Tekshiruvimiz davomida asosiy alomatlar atrofni anglash disfunktsiyasi borligidan darak berdi, bu ehtimol, chayqalishdan keyin ro'y bergan. Bu Kariusning o'yiniga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin.

Karius ahvoli yaxshilanayotganini aytmoqda. Biz uning to'liq tiklanishini kutyapmiz.

Bu masalada biz bera oladigan yagona sharh shu. Bundan keyingi barcha savollar "Liverpul" matbuot xizmatiga berilsin", - deyiladi shifokorlar bayonotida.

BestMaster
5 Iyun 2018, 04:29
rentgen, natijasi, karius, miya, chayqalishiga, uchragan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads