EChL finalida "Real" bilan uchrashuvdan bir necha kun o'tib, "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning boshi rentgen qilindi, deya xabar beradi ESPN.
"Liverpul" shifokorlari darvozabonning madridliklar himoyachisi Serxio Ramos bilan to'qnashuvda miya chyqalishi ro'y berganligini taxmin qilmoqdalar.
26 may kuni o'tgan final uchrashuvidan so'ng Karius AQShga safar qildi va Bostondagi mutaxassisga uchradi. Rentgen natijalari hali e'lon qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, Ramosning qo'l zarbasidan bir necha daqiqa o'tib Karius xato tufayli gol o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda ham yana bir xatoga yo'l qo'ydi.